Oldinroq Qashqadaryo viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida bolalar kardiojarrohligi yoʻlga qoʻyilganligi xususida ilgari xabar bergan edi. Kecha bu yerda dastlabki ikki yuqori texnologiyali operatsiya bajarildi.

Qashqadaryoda bu yoʻnalishdagi ilk operatsiyalar tugʻma yurak nuqsonidan aziyat chekib kelgan besh yoshli Umidjon va uch yoshli Zehniyada bepul oʻtkazildi. Ularda “Yurakda ochiq yuqori texnologiyali operatsiya, sunʼiy qon aylantirish uskunasi yordamida nuqsonni plastika qilib yopish” deb nomlangan murakkab kardiojarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

Ayni paytda bolalarning ahvoli yaxshi.

Shu paytgacha qashqadaryoliklar bunday operatsiyalar uchun poytaxtga borishgan. Endilikda ularning uzogʻi yaqin, mushkuli oson boʻldi.

Bu vohamiz tibbiyotining ulkan yutugʻi, shifokorlarimizning xalqimizni rozi qilib faoliyat yuritish borasidagi navbatdagi dadil qadamlari hisoblanadi.