Qayd etilishicha, “E.T.F.” oilaviy korxonasi rahbari E.O. va boshqalar neft mahsulotini tashish boʻyicha Qashqadaryo viloyatidagi “S.E.G.” xorijiy korxonasiga shartnoma asosida transport xizmati koʻrsatib, 30 tonnalik sigʻimni (sisterna) ichki qismiga yashirincha 3 tonnalik sigʻimni oʻrnatib, har bir qatnovdan yashirin sigʻim ichida qoladigan neft mahsulotini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida 27 tonna miqdoridagi neft mahsuloti va boshqa uskuna hamda transport vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 nafar shaxs protsessual tartibida ushlangan.








