Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumani, “Qoratikan” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yoʻlining 25 kilometrida, haydovchi, B.T. boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-Benz” rusumli avtomobilini “Chim-Qarshi” yoʻnalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, Q.S. boshqaruvida boʻlgan “Labo” rusumli avtomobili bilan urilib yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.