баннер
13 Mar 2025
21:39

    Qashqadaryoda mingga yaqin baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

    Viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Mirishkor tumani hududlarida noqonuniy baliq ovining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbiri oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Mirishkor tumandagi “Sechankoʻl“ suv havzasining suv kirishidagi baliqchilar uyidan chamasi 20-25 metr uzoqlikda oʻzini Qamashi tumani “Qorabogʻ“ MFY da yashovchi B.S deb ogʻzaki tanishtirgan shaxs baliq ovlash uchun liskali toʻrlarni yoyib tozalayotganligi aniqlandi.

    Ushbu holat yuzasidan suv kirish qismi oʻng qirgʻogʻi boʻylab 150-200 metrlar yurilganda suv qirgʻogʻida 1 ta polietilen xaltada 850 dona baliqlar va 1 ta xaltada baliq ovlash taʼqiqlangan liskali turlar turganligi maʼlum boʻldi.

    Shuningdek, jarayonda suv havzasida rezina qayiqda 23 nafar shaxs baliq ovlab yurishganligi, qirgʻoqqa chiqishlari talab etilganda 2 nafar shaxslar suv havzasi ichki qismiga suzib ketib ketgan.

    Ushbu polietilen xaltadagi baliqlar kim tomonidan ovlanganligi boʻyicha fuqaro B.S dan soʻralganda baliqlarni Qamashi tumanida yashovchi M ismli shaxs tomonidan ovlanganligini ogʻzaki bildirdi.

    Boshqarma davlat inspektorlar Qamashi tumani Qorabogʻ MFY da yashovchi B.S dan “Senchankoʻl“ tabiiy suv havzasida baliq ovlashni asoslovchi hujjatlarini koʻrsatilishi talab etilganda “Sechankoʻl“ suv havzasida baliqchilik faoliyatini ijara asosida olib borayotgan “Mirishkor koʻzgusi“ MCHJ masʼullari bilan ogʻzaki kelishuv asosida baliq ovlab kelayotganligini aytib hech qanday hujjatlar taqdim etmadi.

    Noqonuniy ovlangan baliqlar va baliq ovlash taʼqiqlangan liskali toʻrlar ashyoviy dalil sifatida qonuniy toʻxtamga kelguniga qadar olib qoʻyildi. Ashyoviy dalil sifatida olingan baliqlar Kasbi tumanidagi 16-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga bepul topshirilgan baliqlardan 10 donasi dalil sifatida olindi.

    Noqonuniy ovlangan 850 dona orol chavoq baliqlari zarari Ozberiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80 sonli qarori 4 ilovasi bilan tasdiqlangan “Ixtifauna” obyektlaridan foydalanish tartibining buzilish oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash miqdoriga asosan hisoblanganda 318 mln 750 ming soʻmni tashkil etdi.

    Hozirda huquqbuzarlik yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech