Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.N. va boshqalar tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Qarshi shahri “Naqshab” MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 232,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.