Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati vaziyat masʼullar tomonidan tezkor oʻrganilganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, xabarda taʼkidlangan maʼlumotlar asossiz boʻlib chiqdi.
"2023-yil 11-oktyabr kuni viloyat perinatal markazida 186 nafar homilador va koʻzi yorigan ayol mavjud.
200 oʻringa ega boʻlgan mazkur markazda shu kuni suratda aks etgan holat aslo kuzatilmagan (suratning qachon va qayerda olingani boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar olib borilmoqda). Ayollar va chaqaloqlarning biron nafari ham yerda yotmagan, har bir ayolga zarur sharoitlar yaratilgan.
Homilador va tuqqan ayollar bilan suhbatlashilganda ham ushbu holat tasdiqlanmadi.
Maʼlumotda qayd etilgan Buxoro viloyatidan tayinlangan rahbar toʻgʻrisidagi axborot ham umuman notoʻgʻri. Bugungi kunda Markazga shu muassasada 20 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Shodiyev Bobonazar rahbarlik qilmoqda, deyiladi bayonotda.