Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining “Uymovut” MFYda yashovchi fuqaro H.Q. oʻz uyining yordamchi xonasida tashkil etgan yashirin sexda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 118 kg. chigit, 2 dona juvoz uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.