Kitobning “Makrid” kengliklari hududidagi 62 gektar yer maydonda joylashgan ushbu yangi korxonaning tantanali ochilish va start berish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Maʼlumot uchun, “Qarshi konch sement”da 400 ta yangi ish oʻrni yaratilgan boʻlib, yiliga 1,2 million tonna M-400, M-500 va M-600 markali sement ishlab chiqariladi va mahsulotning 30 foizi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinadi.