Jumladan, Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, “Yoshlar sayilgohi” hududi tashkil etildi.
Bogʻning qiyofasi tubdan oʻzgardi. Istirohat bogʻidagi 500 metr ichki yoʻllar asfalt qilinib, 1 kilometrdan ortiq beton qoplamali piyodalar yoʻlakchasi qurildi hamda 1600 metr kv. maydonga shaklli gʻishtlar yotqizildi.
Istirohat bogʻiga sayrga va dam olishga keluvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida eni 20 metr, balandligi 8 metrli sunʼiy sharshara barpo etildi. 100ga yaqin oʻrindiqlar va 50 dona chiqindi yashiklari oʻrnatildi. Hudud aholi, ayniqsa, yoshlar xavfsizligi uchun 27 dona 360 gradusli kameralar) orqali kuzatuv tizimiga oʻtkazildi. Bundan tashqari 115 ta quyosh panelli tungi yoritgichlar oʻrnatildi.
Kuni kecha “Yoshlar sayilgohi”ning ochilish marosimi tashkil etildi. Jumladan, sayilgohdan oʻrin olgan 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 1 ta barcha qulayliklarga ega zamonaviy kutubxona, 2 ta oʻquv markazi yoshlar ixtiyoriga berildi. Bu esa, kelajak avlod vakillari tomonidan oʻziga xos katta mamnunlik bilan kutib olindi.
Shuningdek, tadbir davomida sport turlari boʻyicha gʻoliblar taqdirlandi. Viloyah hokimi tomonidan 30 nafar chin yetim boʻlgan yoshlarga davlatimiz tomonidan qurilgan uy-joylarning kalitlari topshirildi.
- Bugun men uchun eng hayajonli kun,-deydi dehqonobodlik Jasrubek Abduraimov.-Boisi Prezidentmizning bevosita gʻamxoʻrligi ostida oʻz uyimga ega boʻldim. Insonning oʻz egaligidagi yashash joyi boʻlishi qanchalik baxt. Shunchalik bizga eʼtibor qaratib, otalarcha mehribonlik koʻrsatgan davlatimiz rahbariga rahmat aytaman. Kelgusida Vatanimizga sodiq farzand boʻlib, yurt ravnaqi uchun xizmat qilaman.
“Yoshlar sayilgohi”ning tantanali ochilish tadbirlarida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi shahri hokimi Normoʻmin Xolboyev, viloyat tashkilotlari rahbarlari, shahar sektorlari rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.