Qashqadaryodagi 48 ta maktabda kelgusi oʻquv yilidan Finlyandiya taʼlim tizimini joriy etiladi

    Hukumat 25 Oktabr 2022 1461

    Shuningdek, mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:

    - 13 ta bogʻchani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bogʻcha qurish loyihasini 2023-yil investitsiya dasturiga kiritish;

    - yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bogʻcha tashkil etishga 4,5 milliard soʻm, 2023-yilda 380 ta bogʻcha tashkil etishga 52 milliard soʻm subsidiya ajratish;

    - bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash boʻyicha loyihani tayyorlash;

    - kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qoʻshimcha 550 oʻrinli tugʻruq komplekslarini tashkil etish;

    - yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard soʻm ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yoʻlga qoʻyish;

    - yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritish;

    - bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi oʻquv yilidan Finlyandiya taʼlim tizimini joriy etish topshirildi.