Oʻtkazilgan reyd tadbirlarida Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligining “Duob” oʻrmon boʻlimi hududida jami 6 tup archa daraxti kesilganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 41 million 400 ming soʻm zararetkazilgan. 

Holat yuzasidan “Duob” oʻrmon boʻlimi masʼul qoʻriqchisi R.B.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 4-qismi bilan, yaʼni oʻziga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. 

Shuningdek, qolgan aybdorlarni aniqlash maqsadida hujjatlar Dehqonobod tuman IIBGA yuborildi.