Buning natijasida, “Oʻztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamaydi.
Gaz haydash agregatlaridagi avariyaviy holatga neft va gaz qazib chiqarish konlarini elektr energiya bilan taʼminlab turgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegishli boʻlgan “Neftchi 110/35/6 kV” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab boʻlgan.
Bugun soat 12:45da “Neftchi 110/35/6 kV” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi va kuchlanish bitta tarmoq orqali berila boshlandi.
“Zevarda”, “Janubiy Kemachi”, “Janubiy Oʻrtabuloq”, “Dengizkoʻl”, “Somontepa” siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlari navbatma-navbat qayta ishga tushirilmoqda:
– Soat 13:30 dan 14:12 ga qadar “Janubiy Oʻrtabuloq” siquv kompressor stansiyasidagi 200 va 300-sonli gaz haydash agregatlari;
– Soat 14:08 dan 16:45 ga qadar “Somontepa” siquv kompressor stansiyasidagi 100 va 200-sonli gaz haydash agregatlari;
– Soat 14:50 dan 19:00 ga qadar “Janubiy Kemachi” siquv kompressor stansiyasidagi 200, 300 va 400-sonli gaz haydash agregatlari;
– Soat 14:50 dan 16:00 ga qadar “Dengizkoʻl” siquv kompressor stansiyasidagi 100, 300 va 400-sonli gaz haydash agregatlari;
– Soat 15:40 dan 18:40 ga qadar “Zevarda” siquv kompressor stansiyasidagi 100 va 200-sonli gaz haydash agregatlari ishga tushirildi.
Hozirda “Zevarda” siquv kompressor stansiyasidagi 300 va 400-sonli gaz haydash agregatlari va “Janubiy Oʻrtabuloq” siquv kompressor stansiyasidagi 100-sonli gaz haydash agregatlarini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Oʻz navbatida, “Oʻztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi qayta tiklandi.
Hozirda “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning malakali mutaxassislari hamkorlikda yuzaga kelgan holatni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshirishmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati