— Xalqaro festivalda, shuningdek, “Visit Kashkadarya” forumida ishtirok etdim, — deydi jurnal bosh muharriri Helen Sarita. — Biz filippinliklarda Oʻzbekistonga qiziqish yuqori. Oʻquvchilarimizga goʻzal yurtingiz haqida koʻproq maʼlumotlar ulashayotganimizdan xursandmiz.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil oxirida oʻtkazilgan II “Oltin soʻz” xalqaro adabiy festivalida ilk bor jahonning 50 davlatidan 200 nafardan ortiq ijodkorlar ishtirok etgan edi.