“Yutong” kompaniyasi zamonaviy avtobus va mikroavtobus ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi sanaladi.
Maʼlumki, viloyatda aholiga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transporti qamrovini oshirish koʻzda tutilgan. Mavjud yoʻnalishlarga avtobus va mikroavtobus joylashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonga tadbirkorlik subyektlari keng jalb etiladi.
Muzokaralarda hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Ayni paytda viloyat hududlarini jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olish uchun qariyb 800 dona avtobusga ehtiyoj borligi aniqlangan.