Oʻzbekistonlik xalqaro grossmeysterlar safi yana bittaga koʻpaydi. Toshkentda davom etayotgan Georgiy Aʼzamov xotira turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Abdumalik Abdusalimov reyting balini 2500 dan oshirib, xalqaro grossmeyster talabini bajardi.
Aql gimnastikasida koʻplab yutuqlarga erishgan Abdumalik Abdusalimov - 2002-yil 3-mart kuni Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida tahsil oladi. Talaba yigit bolaligidan shaxmatda bir qator yutuqlarni qoʻlga kiritgan. Asosiy vaqtini shaxmat doskasi yonida oʻtkazishi natijasida ayni kunda bu oʻyinning ustasiga aylangani koʻrish mumkin.
“FIDE” ustasi (FM, 2015), Xalqaro toifadagi sport ustasi (IM, 2019) va 2018-yil «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti sohibi boʻlgan Abdumalikning birinchi bor shaxmatdagi mahoratini oshirib, sirlaridan voqif qilishda murabbiyi Abdurahmon Nodirjonovning oʻrni katta.