Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati birlamchi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-avgust soat 22:30 lar atrofida Koʻkdala tumani, Koʻkdala MFY hududida joylashgan gaz toʻldirish shoxobchasida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida 1 ta avtotsisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida avtotsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.