Qashqdaryodagi “Yangi Qizilrabot” konida yangi gaz kondensati olinadigan quduq ochildi

    Energetika 13 Yanvar 2021 530

    Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Yangi Qizilrabot” gaz kondensat konidagi 10 OE-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatilib, 1408–1395 metr oraligʻi perforatsiya qilindi.

    Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2,8 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

    Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu quduq “Oʻzbekneftgaz” AJ ning 2020-yil oʻz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, burgʻulab ishga tushirishi koʻzda tutilgan 30 ta quduqdan biri hisoblanadi.

    Maʼlumot uchun: “Yangi Qizilrabot” koni Qashkadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan bulib 2020-yildan buyon ishlatilib kelinmoqda.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati