Bugun Qatarda oʻtayotgan jahon chempionatining guruh oʻyinlari yakunlanadi. Kutilganidek, u shov-shuvlarga boy boʻldi, Germaniya, Belgiya kabi kuchli jamoalar turnirni tark etdi.
Afrika va Osiyodagi mamlakatlar termalari – Marokash va Yaponiya guruhda birinchi oʻrinni olib pley-offga chiqdi.
Muxlis va mutaxassilar esa kim chempion boʻlishi haqida turli bashoratlar qilishda davom etmoqda. Buning uchun turli qiziqarli faktlarni izlab topmoqda. Mana, shunday qiziqarli faktlardan biri.
1978-yil. Kempes JCHning 3-turida penaltidan gol ura olmagan, ammo yakunda Argentina jahon chempioni boʻlgan
1986-yil. Maradona 3-turda penaltidan foydalana olmagan, yakunda Argentina chempion boʻlgan
2022-yil. Messi 3-turda penaltidan gol ura olmadi. Xoʻsh, Argentina chempion boʻladimi? Bir necha kundan soʻng bu savolga javob topamiz.