Joriy yil oxirida Qatarda futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Kecha unda ishtirok etadigan 31 jamoa nomi maʼlum boʻldi.

Qatardagi “Ahmad bin Ali” stadionida oʻtgan Avstraliya – Peru bahsining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa avstraliklar 5:4 hisobida gʻolib chiqishdi. “Kengurular” chempionatning D guruhida Fransiya, Daniya va Tunis bilan bahs olib borishadi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, bugun Kosta-Rika va Yangi Zelandiya jamoalari Qatar-2022ning soʻnggi yoʻllanmasi uchun maydonga tushadi.