Qatar kompaniyasi Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli shifoxona quradi

    Salomatlik 10 Yanvar 2024 892

    O‘zbekistonning Doxadagi elchixonasi xodimlari Qatarning «Elegancia Healthcare» kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktori Desmond Donelli bilan muzokara o‘tkazdilar.

    Muloqot chog‘ida Qatar tomoni Toshkent shahrida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida barpo etish bo‘yicha birlamchi hujjatlarni joriy yanvar oyi oxiriga qadar yakunlanishini, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari esa mart oyida ishlab chiqilishi boshlanishini ma'lum qildi.

    Mazkur loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida «Elegancia Healthcare» kompaniyasiga to‘rt nafar o‘zbek mutaxassislari ishga qabul qilinishi ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, «Elegancia Healthcare» kompaniyasining «The View Hospital», «Military Medical City» va «Hopital Algero Qatari Alleman» klinikalarida o‘zbekistonlik ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan shifokor va hamshiralarni ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.