Qayd etilishicha, samolyot Trampning prezidentlik muddati tugaguniga qadar Birinchi raqamli bort sifatida ishlatiladi.

Shuningdek, 13-yillik samolyot AQSH harbiy-havo kuchlariga topshiriladi va uchoq Amerika yetakchisini olib yurish xavfsizligi talablariga muvofiq jihozlanadi. Trampning prezidentlik muddati tugagach, mulkiy huquq Prezident kutubxonasi jamgʻarmasiga oʻtadi. Bu AQSH prezidenti uchun tarixdagi eng qimmatbaho sovgʻa boʻlishi mumkin.

Sovgʻa haqida Tramp kelasi hafta Qatarga borganida eʼlon qilinishi kutilmoqda. AQSH prezidenti fevral oyida hashamatli bezaklari tufayli “uchar saroy” deb nom olgan samolyotni Vest-Palm-Bich aeroportida turganida koʻzdan kechirgan edi.