Qatarning yirik kompaniyasi O'zbekistonda ko'ptarmoqli shifoxona va zamonaviy mehmonxonalar qurishni boshladi

    Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Qatarning “Power International Holding” bosh ijrochi direktori oʻrinbosari Moris Gattas va ushbu kompaniya tarkibiga kiruvchi “UCC Holding” rahbari Muhammad Sabri bilan muzokaralar oʻtkazdilar,

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Prezidentining Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida “Power International Holding” kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Muzokaralar yakunida “Power International Holding”, “UCC Holding” va “Assets Group” kompaniyalari rahbarlarining Oʻzbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish toʻgʻrisida kelishib olindi.

    Tashrifning asosiy maqsadi “Power International Holding” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda yoʻl, koʻptarmoqli shifoxona majmuasini barpo etish, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida mehmonxonalar qurish, Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda qayta tiklanuvchi energiya sohasida loyihalarni amalga oshirish ishlarini boshlashdan iborat boʻladi.

    Shuningdek, joriy noyabr oyida Toshkent shahrida “Power International Holding” kompaniyasining ofisi ochilishi rejalashtirilmoqda.

    “Power International Holding” kompaniyasi 1983-yilda tashkil etilgan. U dunyoning 19 ta mamlakatida faoliyat yuritadi. “Forbs” nashriga koʻra, “Power International Holding” Yaqin Sharqdagi 13 ta eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya tarkibida 5 ta shoʻba korxonalar bor.