Davlat kasallanish choʻqqisiga tezda yetib borish uchun sinovlar va kontaktlarni kuzatish tizimini ishlab chiqdi. Natijada, Gʻarbning boshqa sanoatlashgan mamlakatlariga qaraganda, koronavirusdan oʻlim darajasi ancha past boʻldi.
Mamlakatda qisqa muddatli va maqsadli oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish rejimi joriy etildi, buning natijasida ishsizlik olti foizga cheklandi. Dunyo hamjamiyati uni joʻshqinlik bilan maqtovga sazovor etdi, mamlakat rahbari esa 40 dan 70% gacha mashhurlikka erishdi, deb yozadi The New York Times.
Gap kansler Angela Merkel boshchiligidagi Germaniya haqida bormoqda. Germaniya oʻzining barcha kuchli va afzal tomonlarini namoyish etmoqda va shu tufayli uning yirik iqtisodiyoti pandemiyadan keyin dunyoda gullab-yashnaydi, deb hisoblaydi maqola muallifi.
Germaniyaning pandemiyaga qarshi reaksiyasi uning afzal tomonlarini koʻrsatdi: kuchli hokimiyat, kam miqdordagi qarz, global savdo kamayib borishi sharoitida nemis eksportini himoya qiladigan yuqori darajadagi iqtisodiyot, shuningdek, Amerika va Xitoy Internet gigantlari hukmronlik qiladigan dunyoda oʻz IT-kompaniyalarini yaratish uchun ulkan salohiyatga egaligidir.