Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda jami 44 106 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 981 taga koʻp.
2021-yil yanvar-iyul oylarida 4 080 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 721 ta;
Toshkent viloyati – 3 833 ta;
Fargʻona viloyati – 3 507 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3 459 ta;
Andijon viloyati – 3 321 ta;
Samarqand viloyati – 3 317 ta;
Buxoro viloyati – 2 878 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 763 ta;
Namangan viloyati – 2 479 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 2 456 ta;
Jizzax viloyati – 2 132 ta;
Xorazm viloyati – 2 025 ta;
Navoiy viloyati – 1 635 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 580 ta.