Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 638 tani tashkil etgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 117,6 foizga oshgan.
Mamlakatimizda jami faoliyat koʻrsatayotgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (90 638 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 89 795 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahri – 16 556 ta;
Fargʻona viloyati – 9 934 ta;
Toshkent viloyati – 9 296 ta;
Andijon viloyati – 9 214 ta;
Samarqand viloyati – 7 887 ta;
Namangan viloyati – 7 163 ta;
Buxoro viloyati – 4 786 ta;
Qashqadaryo viloyati – 4 680 ta;
Surxondaryo viloyati – 4 501 ta;
Xorazm viloyati – 4 033 ta;
Jizzax viloyati – 3 717 ta;
Navoiy viloyati – 3 438 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 3 206 ta.
Sirdaryo viloyati – 2 227 ta.