2021-yilning 1-may holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 439 927 ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 91 738 tani (20,9 foiz) tashkil qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahri – 12 909 ta;

Fargʻona viloyati – 11 190 ta;

Qashqadaryo viloyati – 9 768 ta;

Surxondaryo viloyati – 7 307 ta;

Namangan viloyati – 7 286 ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 35 387 ta;

sanoatda – 16 334 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 8 003 ta;

qurilishda – 7 732 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 6 662 ta.