Iqtisodiy faollik barometri hududlar iqtisodiyotining rivojlanishini muntazam ravishda baholashga qaratilgan boʻlib, faollikning pasayishini bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish hamda hududlar oʻrtasida faol raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradi.

Iqtisodiy faollik barometrini aniqlashda 12 ta koʻrsatkichdan iborat 3 ta muhim tarkibiy qism, yaʼni ishlab chiqarish, tadbirkorlik, tashqi savdo faolligidan foydalaniladi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, 2021-yilda quyidagi hududlarda  iqtisodiy faollik nisbatan yuqori boʻlgan
— Toshkent shahri;
—  Samarqand;
— Namangan;
— Qashqadaryo;
— Fargʻona.

Samarqand va Fargʻona viloyatlarida asosan tashqi savdo koʻrsatkichi yuqori boʻlsa, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida tadbirkorlik katta natijani koʻrsatgan. 
Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlarining Iqtisodiy faollik barometrida 2020-yildagiga nisbatan ijobiy oʻsish kuzatilgan, deya xabar bermoqda UzDaily.uz internet nashri.