“Bavariya” – “Manchester Siti” va “Inter” – “Benfika” bahsidan soʻng ikki yarim finalchi aniqlanadi.

Kechagi oʻyinlar natijasida “Real” va “Milan” bu vazifani uddalab boʻldi.

Xoʻsh, YECHL tarixida qaysi jamoa eng koʻp yarim finalga chiqqan. Statistikaga qaraydigan boʻlsak, bu borada “Real”ga teng keladigan jamoa yoʻq. Madridliklar 32-marta yarim finalchi boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda “Bavariya”. Nemislar bu marrani 20 bor ishgʻol etishgan. Undan keyingi oʻrinlarda “Barselona” (16), “Milan” (13) va “Manchester Yunayted” (12) borishmoqda.