Tadqiqot davomida tadqiqotchilar ishtirokchilarning salomatligi va turmush tarziga oid ma'lumotlarni to'plashdi va tahlil qilishdi. Ma'lum bo'lishicha, ularning 902 nafarida dementsiya tashxisi qo'yilgan. Bundan tashqari, 2,5 ming kishida yengil kognitiv buzilishlar qayd etildi. Shu bilan birga, muammolar aniqlangan odamlarning aksariyati butun hayoti davomida jismoniy og'ir ishlar bilan shug'ullangan.
Yana bir qator hisob-kitoblarni amalga oshirgandan so'ng, olimlar og'ir ish bilan shug'ullanadigan odamlarda demensiyaning rivojlanish ehtimoli boshqa guruhlarga qaraganda deyarli 15,5 foizga yuqori degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, kassirlar, sotuvchilar, kichik tibbiyot xodimlari, fermerlar va chorvadorlar ushbu kasallikka yo'liqishga ko'proq moyil bo'lishadi. Ushbu kasb vakillari ko'roq vaqtini tik oyoqda o'tkazadi. Ularda doimiy ruhiy zo'riqish va charchash xavfi ortadi.
Olimlarning qo'shimcha qilishicha, o'z vaqtida dam olish imkoniyatining yo'qligi va bo'sh vaqtning yetishmasligi kognitiv qobiliyatlarga ta'sir qiladi. Bu omillar tananing charchashiga olib keladi va miya faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.
Demensiya, bu – xotira, fikrlash va kundalik faoliyatni amalga oshirish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan bir nechta kasalliklarni tavsiflovchi atama. Demensiya vaqt o'tishi bilan rivojlanadi. Bu asosan keksa odamlarda yuzaga keladi, lekin hamma keksaygan odamlarga ham demensiya rivojlanmaydi.