2022-yil 1-apreldan boshlab 2023-yil 1-aprelga qadar davom etadigan imtiyoz doirasida mahalliy korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga Yevropa Ittifoqi davlatlariga yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini 70 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Qoʻshni davlatlarga eksport qilingan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar uchun tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi, bu haqida Biznes-ombudsman telegramm kanali xabar bermoqda.