Maqola mualliflarining ta'kidlashicha ko'p shakar iste'mol qilish tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar etkazishi mumkin, bu ajinlar paydo bo'lishi va terining elastikligini yo'qotishiga olib keladi.
Fast-fud, qovurilgan yog'li ovqatlar, margarin va konservalarda trans yog'lari mavjud bo'lib, ular yurak xastaligi xavfini oshiradi va qon tomirlariga zarar etkazadi. Bundan tashqari, ular teridagi qon aylanishini sekinlashtiradi.
Qahva, kolbasa kabi qayta ishlangan go'sht, tuz terining qarishini keltirib chiqaradigan suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Qovurilgan kartoshkani iste'mol qilish teri hujayralariga zarar beradi. Bundan tashqari, bu sabzavotda ko'p miqdordagi shakar mavjud.
Achchiq ovqat qon aylanish tizimiga ta'sir qiladi. U qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa yoshga bog'liq teri o'zgarishiga olib keladi.
Bundan tashqari, maqolada ko'mirda pishirilgan go'shtni iste'mol qilish ham keksalikka etaklovchi omil bo'lishi ta'kidlangan.