Vazirlar Mahkamasining "Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga ko'ra, quyidagilarga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qoʻyishda imtiyozlar belgilangan:

  • I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
  • koʻp bolali oilalarning bolalari;
  • yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
  • kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar.

Shuningdek, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar ham imtiyozli tarzda maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyiladi.