Davlat organlari va tashkilotlarning maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlarida quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlarning maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlariga quyosh fotoelektrik stansiyalari hamda quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi tomonidan 574 ta koʻrsatmalar berildi.
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha joriy yilning 1-yarim yilligi davomida hududiy boʻlim tomonidan jami 42 ta korxonalarning elektr energiyani tejash boʻyicha tashkiliy texnik tadbirlari kelishildi. Ushbu chora-tadbirlarning jami soni 95 ta boʻlib, 3174,9774 ming kVt/soatni tashkil qildi. Shundan 1-yarim yillikda 23 ta korxona tomonidan 32 tadbirlar bajarilib 452,562ming kVt/soat elektr energiyasi tejaldi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan “Shimbay-Metan” MCHJ tomonidan tashqi yoritish LED lampalari uchun quvvati 400 Vt boʻlgan quyosh nuri orqali ishlaydigan foto elektrik qurilmasi oʻrnatildi, deb xabar beradi “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shubhasiz, elektr energetika sohasi tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qiladi.