Xalqaro qayta tiklanadigan energiya agentligining 2023-yildagi qayta tiklanuvchi quvvatlar statistikasi hisoboti shuni koʻrsatadiki, 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo boʻylab oʻsishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga toʻgʻri keldi va bu yil oxiriga kelib jami 1,63 Teravatt (TW) qayta tiklanuvchi quvvatga ega boʻldi. Ushbu oʻsishning katta qismi Xitoyda sodir boʻldi.
Osiyoda dunyo aholisining 50 foizdan ortigʻi istiqomat qiladi va soʻnggi yillarda mintaqada iqtisodiy oʻsish kuzatildi. Mahalliy iqtisodiyotning oʻsishi bilan mintaqada energiyaga boʻlgan talab dunyoning boshqa joylariga qaraganda tezroq oʻsib bormoqda.
Mintaqadagi hukumatlar qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha rejalarini belgilab oldi. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida Osiyo qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish boʻyicha Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirdi.
Global miqyosda qayta tiklanuvchi quvvatlar 2022-yilda 9,6 foizga oʻsdi va butun dunyo boʻylab rekord darajadagi 295 gegavattni qoʻshdi. Hisobotda aytilishicha, bu oʻtgan yili qoʻshilgan barcha energiya quvvatlarining 83 foizini tashkil etadi va oʻtgan yil oxiriga kelib qayta tiklanuvchi ishlab chiqarish quvvatini 3 ming 372 gegavattga yetkazdi.