Qibray tumanida “Mayning ferma” fosh etildi

    Qibray tumanida 733,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, DXX, IIB va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Qibray tumani, Taraqqiy MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 733,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.