Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislaridan yigʻilgan ishchi guruh bugun tongda Qibray tumaniga yetib keldi.

Qoʻmita raisi Xalilillo Turaxujayev ishchi guruh bilan uchrashib aniq vazifalarni belgilab berdi.

“Xatlovda har bir qarich yerni holatini oʻrganishimiz kerak. Xatlov haqqoniy va adolatli boʻlishi uchun Qibray tumanining birorta mutaxassisi bu jarayonda qatnashmaydi. Xatlovda dronlar, yordamchi xaritalar, GPS navigatorlar va boshqa barcha zarur uskunalardan foydalanib bizga haqiqiy holatni koʻrsatib bering. Qayerda qanday muammo borligini bilsakgina unga yechim topishning imkoni paydo boʻladi.” – dedi qoʻmita raisi.

Xatlovning kunlik natijalari “Yergeoportal”ga joylashtirilib borilishi maqsad qilingan. Yakunda Qibray tumani yerlaridan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi hamda yerning hozirgi holati toʻgʻrisidagi axborotlar geoportalda aks etadi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolariga barcha ishlarni karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda olib borish kerakligi qoʻmita raisi tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi.