Toshkent viloyatining Qibray tumanida yuk avtomobili yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB ma'lumot berdi.
Hodisa Qibray tumani “Axillik” MFY Charog'on ko'chasida yuz bergan. Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug'ilgan haydovchi G.M. “MAN” rusumli yuk avtomobilida xarakatlanib ketayotgan vaqtida transport vositasining kabinasida yong'in chiqqan. Shundan so'ng haydovchi avtomashinani to'xtatgan.
YOng'in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Avtomobilining kabinasi to'liq, yukxonasi qisman yonib zararlangan.
Xolat yuzasida Qibray tumani FVV YOXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.