Bu haqdagi qarorni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev imzoladi.
Mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish amalga oshiriladi.
Buyurtmachi:
- davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshrigʻi ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun litsenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan oʻrnatilgan tartibda shartnoma tuzadi;
- loyihalash uchun yer osti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega korxonaga buyurtma beradi;
- qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuboradi;
- mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinadi.
Ajratilgan yer maydonidagi maishiy chiqindi poligonida sanitariya-ekologiya, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi, belgilangan muddatda rekultivatsiya qilib faoliyatini tugatishi belgilandi.