Oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.
Eslatib oʻtamiz, shu yil 26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar nomaʼlum shaxs oʻqotar quroldan bir necha marotaba oʻq uzib, qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilib, nomaʼlum tomonga yashiringani va mazkur ishga aloqadorlikda gumon qilingan bir nafar shaxsning qoʻlga olingani xabar qilingan edi.