Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi “Varkey Foundation” xalqaro tashkiloti bilan mamlakatimizda ilk bor hamkorlikda tashkil etilgan “Ustoz – 2020” milliy mukofoti tanlovida “Boshlangʻich taʼlim fidokor ustozi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Unga 30 million soʻm mukofot berildi.

Shuningdek, Uldan Xujamiyarova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan “Global Teacher Prize 2021” xalqaro forumiga ham bir haftalik yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro forumda ishtirokchilar 1 million AQSH dollari uchun tanlovda ishtirok etishadi.