Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida qilichbozlik boʻyicha qitʼa chempionati davom etmoqda. Bugun sportchilarimiz shpaga musobaqalarida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.
Ular dastlab kuvaytliklarni 45:27 hisobida yengdi. Chorak finalda Qozogʻiston termasi magʻlub etildi – 42:40. Yarim finalda esa tarkibida Tokioda oʻtgan Olimpiada oʻyinlari chempionlari boʻlgan Yaponiya terma jamoasini turnirdan chiqarib yubordik. Hisob 36:35.
Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov va Javohir Nurmatovdan iborat jamoamiz finalda mezbonlar – janubiy koreyaliklar bilan uchrashadi.