Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, hamyurtlarimiz mazkur musobaqada bronza medaliga sazovor boʻlgan.
Ushbu muvaffaqiyatga jamoaviy yoʻnalishda qatnashgan qizlarimiz erishdi. Yarim finalgacha yetib borgan qilichbozlarimiz final ostonasida turkiyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi oʻrin uchun kurashda esa Qozogʻiston termasi 45:24 hisobida magʻlub etildi.
Mazkur bellashuvlarda yurtimiz sharafini Aziza Hamidova, Sanam Nazarova va Dilnaz Murzatayeva himoya qildi.