Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga koʻra, JAR sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqa 9-martga qadar davom etadi.
Reglamentga koʻra, bugun oʻsmirlar toifasida yakkalik bellashuvlari oʻtkaziladi. Unda yigitlar sablya va shpaga, qizlar rapira qurolida gʻoliblik uchun jang qilishadi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqada qitʼamizning 20 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirok etmoqda.