Ushbu qaror bilan respublikada ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eʼtiborli jihati, Nizom talablari yuridik (shoxobchalar bundan mustasno) va jismoniy shaxslar oʻrtasida qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni oldi-sotdi qilish operatsiyalariga tatbiq etilmaydi.
Yombilarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan marja va chegirmani qoʻllash orqali shakllantiriladi.
Chegirma miqdori but holatdagi yombilar uchun alohida, qadogʻi buzilgan, amaldagi texnik talablarga mos kelmaydigan yombilarni qaytarib sotish holatlari uchun alohida belgilanadi.
Agar qaytarib sotib olishda qadoqning buzilishi yoki texnik talablarga mos kelmaslik holatlari kuzatilsa, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun joʻnatiladi. Ekspertiza uchun toʻlov Markaziy bank tomonidan qoplanadi. Texnik ekspertizadan oʻtkazish muddati yetti ish kunidan oshmasligi belgilandi.
Agar:
Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlansa, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.