Bu haqda Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

“Biz BMT Xavfsizlik Kengashining 2027-2028-yillardagi doimiy bo'lmagan a'zoligi uchun o'z nomzodimizni ilgari surmoqdamiz”, dedi u.

Uning so'zlariga ko'ra, BMTning ushbu “asosiy organi”ga hech qachon saylanmagan Qirg'iziston 2026-yil iyun oyida Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan saylovlarda barcha a'zo davlatlarning qo'llab-quvvatlashiga umid qilmoqda.

“Agar Qirg'iziston saylansa, Kengash faoliyatining samaradorligi va shaffofligini oshirish, shuningdek, uning tarkibini muvozanatli mintaqaviy vakillikni hisobga olgan holda kengaytirish tarafdori bo'lib qoladi. Afrika davlatlaridan Kengashda vakil yetishmasligini va 60 ta a'zo davlat, jumladan Qirg'iziston hech qachon Xavfsizlik Kengashiga saylanmagani, ayrim davlatlar esa bir necha bor saylangani bilan bog'liq tarixiy adolatsizlikni bartaraf etish vaqti keldi”, dedi Qirg'iziston davlati rahbari.