Aziz mehmonlarni “Kosonsoy” chegara postida viloyat hokimining o'rinbosari Botir Nuriddinov, To'raqo'rg'on tumani hokimining birinchi o'rinbosari Boburjon Qobilov kutib olishdi. Karnay-surnay sadolari ostida qirg'iz birodarlarga taomilga ko'ra, non-tuz tutildi.
Kunning ikkinchi yarmida tuman madaniyat markazida ikki tuman rahbarlarining uchrashuvi va turizm, bog'dorchilik, sanoat sohalarida hamkorlik qilish uchun memorandum imzolash va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.