40 daqiqalik hujjatli film Qirgʻiziston jamoatchiligini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda jamiyatning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va oʻzgarishlar bilan tanishtiradi, ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar, soʻnggi yillardagi turizm imkoniyatlari haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, filmda turkiyzabon davlatlar hamkorligi va oʻzaro hamkorlikning boshqa yoʻnalishlari nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston va tashqi siyosatning rivojlanishi borasida mulohaza yuritilgan.

Filmda “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida oʻtgan yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlariga alohida eʼtibor berilgan. Muallif Oʻzbekistonning Bishkekdagi elchixonasida boʻlib oʻtgan tadbirlar, shu jumladan, Qirgʻizistonda Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimiz tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov ishtirokida “2019-yil odami” unvonini topshirish marosimi boʻlib oʻtgani haqida ham aytib oʻtgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu dastur Turkel media agentligi tomonidan tayyorlangan. Syujetlar 2019-yilda Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Turizm boʻyicha boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning Bishkekdagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan. Agentlik vakillari X. Xalilov va R. Mershedioglu tomonidan Oʻzbekistonning turli mintaqalariga tashriflari paytida suratga olingan.

Turkel media agentligi 2003-yildan beri Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada faoliyat olib bormoqda. Ushbu agentlikning “Oltin koʻprik” jurnali, “Turkel“gazetasi va ”Goldenbridgenews” Axborot agentligining maxsus sonlari muntazam chop etilib kelinmoqda. Turkel media agentligining hikoyalari esa “Manas” radio toʻlqinlarida va birinchi tijorat teleradiokompaniyasining “Doʻstlik koʻprigi” va “Piramida” haftalik dasturlarida namoyish etilib turiladi.