Bu haqdagi qarorni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov imzoladi.
Maydoni 353,3 gektar bo'lgan aholi punkti Chuy viloyatining Kemin tumani hududida tashkil etiladi.
Joriy yilning 1-iyuniga qadar Kemin-Sitining qurilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Loyihaning amalga oshirilishi tumanning iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashi, ijtimoiy barqarorlik darajasini oshirish uchun shart-sharoit yaratilishi kutilmoqda, deb xabar beradi report.az.