Mazkur ommaviy sport oʻyinlari ishtirokchilarining umumiy soni 2 ming kishidan oshadi. Ularning barchasi oʻz yurtida dastlabki saralash turnirlarida ishtirok etgan va Issiq-koʻl bagʻrida sportning quyidagi 20 turi boʻyicha musobaqalashadi: darts, mini-futbol, mas-restling, stol tennisi, suzish, voleybol, stritbol, armrestling, gire sporti, yengil atletika, arqon tortish, yengil atletika ommaviy yugurishi, plyaj futboli, plyaj voleyboli, kurash, plyaj regbisi, sumo kurashi.
Anʼanaviy musobaqalardan tashqari barcha sportchilar “Alыsh” (belbogʻli kurash) milliy kurashida oʻz kuchini sinab koʻrishi, shuningdek “Issiq-koʻl baatыri” tanlovida ishtirok etishi mumkin. Musobaqa turli yoshdagi erkak-ayollar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Musobaqa “Osiyo — hamdoʻstlik va tinchlik hududi” shiori ostida Qirgʻizistonda nafaqat sportchilarni, shu bilan birga kasb jamoatchiligining murabbiylari va ekspertlarini ham toʻplaydi. Ular ommaviy sportning rivojlanish va ommalashish istiqbollarini muhokama etadi. Musobaqaning faxriy mehmonlari sifatida MDHga aʼzo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirok etadi.
Turnir Qirgʻiziston Respublikasi Kasaba uyushmasining Koʻngilli jismoniy tarbiya-sport jamiyati tomonidan Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamgʻarmasi va Qirgʻiziston jismoniy tarbiya va sport agentiligi koʻmagida tashkil etilgan.
Oʻyinlarning tantanali ochilish marosimi 2021-yil 5-sentyabrda Issiq-koʻl oblastining Baktuu Dolontuu qishlogʻidagi “Kapriz” dam olish markazida boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.