Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 9-oktabr kuni 14 kishi dorivor giyohlarni terib olish uchun toqqa chiqqan. 16-oktabr kuni ular bilan aloqa uzilgan, shundan so'ng ularning yaqinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qilgan. Sakkiz kishi topilgan bo'lib, ular uch kun avval tog'larda qor ko'chkisi sodir bo'lganini aytishdi. Olti kishi va 17 ot ko'chki ostida qolib ketdi.
Qutqaruv operatsiyasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, mahalliy aholi va texnikalar ishtirok etmoqda, deb xabar beradi report.az.